Butunjahon boks seriyasi (WSB) “C” guruhi 4-turida Uzbek Tigers bokschilari Xitoyning China Dragons jamoasiga qarshi jang qiladi. Bellashuvlar 18-mart, shanba kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak janglarda Uzbek Tigers sharafini himoya qiladigan bokschilar ma’lum qilingandi. Qozog‘istonda Astana Arlans’dan yengilgan tarkib bu safar xitoylik bokschilarga qarshi ringga ko‘tariladi.
-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov;
-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev;
-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov;
-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev;
+91 kilogramm: Bahodir Jalolov.
“Sports.uz” nashrining xabar berishicha, xitoyliklar Toshkentdagi janglar uchun eng yaxshi bokschilarini olib keladi. Quyida China Dragons’ning tarkibi bilan tanishing.
-52 kilogramm: Yong Chang (2016-yilgi Xitoy chempioni);
-60 kilogramm: Sen Vang (Xitoyning amaldagi chempioni);
-69 kilogramm: Vey Liu (2015-yilgi jahon chempionati sovrindori);
-81 kilogramm: Jiabin Xuang (2016-yilgi Xitoy chempioni);
+91 kilogramm: Xaypeng Mu (2015-yilgi Xitoy chempioni).
Eslatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilgandi.
Mavzuga doir: Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam
Izoh (0)