Ispaniyaning “Atletiko” klubi Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashni davom ettiradi.
Chorak final yo‘lida Germaniyaning “Bayer” klubiga raqib bo‘lgan madridliklar javob o‘yinida 0:0 hisobiga rozi bo‘ldi. Tomonlarning Leverkuzenda o‘tgan birinchi to‘qnashuvi “Atletiko”ning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Mazkur natijadan keyin Ispaniya klublari chorak finalda eng ko‘pni tashkil qildi: “Barselona”, “Real Madrid” va “Atletiko”. Germaniyada bu raqam 2 ta: “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”. Angliya, Italiya hamda Fransiyadan esa 1 tadan klub chorak finalga yetib keldi: “Lester”, “Yuventus” hamda “Monako”.
Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 final 15-mart, chorshanba
Izoh (0)