AQSh va Kanadada qor bo‘roni qurbonlari soni 7 kishiga yetdi
AQSh shimoli-sharqidagi uchta shtat va Kanadada qor bo‘roni oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
14-mart kuni AQSh meteorologiya xizmati Men, Pensilvaniya, Nyu-Jersi, Nyu-York va Konnektikutda qor bo‘roni tufayli favqulodda holat e’lon qildi.
Bo‘ron Yangi Angliyaning shimoliy qismi va Nyu-York shtati shimolidan Kanadaga qarab harakatlanmoqda.
Avvalroq qor bo‘roni tufayli AQSh va Kanadada besh kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar