Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xaniyazov Amudaryo tumanidagi xonadonlarda bo‘lib, aholi talab-istaklarini o‘rgandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda

Foto: “KRuz.uz”

Foto: “KRuz.uz”

Uchrashuvlarda asosan tumandagi “Xitoy” “Buz-yop” va “Tor-yop” ovul fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiladigan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

“Xitoy” OFYda yashovchi T.Bozorbayev suyultirilgan gaz balonlari olish uchun shoxobcha ochish taklifini bildirdi. Qolaversa, hududga poyabzal tuzatish ustaxonasi kerakligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, hududga ko‘mir yetkazib berish shoxobchasi, dorixona, hammom, go‘zallik saloni, sartaroshxona ochish hamda tungi yoritgichlar o‘rnatish masalalarini ko‘tardi.

“Buz-yop” OFYda K.Yusupova chorvachilik bo‘yicha kredit olishda yordam so‘radi. Sh.Shamuratov esa hududning 8 kilometr yo‘li ta’mirtalab ekanligini bildirdi.

Uchrashuvlar jarayonida aholi asosan kommunal, transport va savdo xizmati, yo‘llar holati, energiya ta’minoti va ijtimoiy soha bo‘yicha muammolar bilan murojaat qildi. Mahalliy mutasaddilar bilan birgalikda ularning yechimini topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi