Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Janubiy Koreyada jangovar uchuvchisiz uchish qurilmalari eskadrilyasini joylashtiradi. Bu haqda Yonhap agentligiga mamlakat milliy mudofaa vazirligidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

Foto: AP

“Hozirda AQSh va Janubiy Koreya tomonlari tegishli maslahatlashuvlarni o‘tkazmoqda. Grey Eagle eskadrilyasini Seuldan 270 kilometr uzoqlikdagi Kunsanda joylashtirilishi rejalashtirilgan. Mazkur uchuvchisiz uchish qurilmalari shimoldagi nishonlarga zarba berishi, urush yuz bergan taqdirda esa Shimoliy Koreya harbiy qo‘mondonligi, jumladan, Kim Chen Inni yo‘q qilishga ko‘maklashishi mumkin”, — deya ta’kidladi Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manba.

Ma’lumot uchun, Grey Eagle 4 ta AGM-114 Hellfire raketasi va shuncha GBU-44/B Viper Strike boshqariluvchi aviabombasini tashish imkoniyatiga ega. Qurilma soatiga 280 kilometrgacha tezlikka chiqishi va havoda 30 soatgacha bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi