Bolakaylar ikki qavatli karavotlarni yoqtiradi. Zinalardan chiqib, tushish, kattalar yeta olmaydigan joyga chiqib olish kichkintoylarga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Billionnews nashri bolalar uchun yagona nusxada yaratilgan ikki qavatli karavotlar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Mimondo kompaniyasi tomonidan yaratilgan “To‘lqin 2” nomli ikki qavatli karavot mukammal dizayn bilan ajralib turadi.
Futuristik dizaynda yaratilgan ko‘p qavatli karavotning har bir xonachasida chiroqlar o‘rnatilgan. Oq va yashil ranglar o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi. Bundan tashqari, bolalar ulg‘aygandan so‘ng karavotni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Tropik uslubda yasalgan karavotga zinalardan chiqib, sirpanchiqda undan qaytib tushish kichkintoylarga takrorlanmas zavq bag‘ishlaydi.
Dizayner Mark Nyuson tomonidan Magis kompaniyasi uchun yaratilgan karavot 4 qismdan iborat. Qismlar polietilen bilan qoplangan bo‘lib, bu karavotni tozalashni yengillashtiradi.
Karavotlarning betakror perpendikulyar joylashuvi
O‘z xonasida sirpanchiqlar bo‘lishini orzu qilgan bolalar uchun karavot
Kichkina xonani besh kishilik yotoqxonaga aylantirish imkonini beruvchi karavot
Bolakaylar uchun “o‘yinchoq” karavot
Ikki qavatli temir karavot
Alohida uy ko‘rinishidagi karavot
Baland shiftli xona uchun loft ko‘rinishidagi karavot
Har kim uchun alohida hudud
Italiyalik dizayner tomonidan kattalar uchun yaratilgan In-Yan karavoti
Resource Furniture kompaniyasi tomonidan yaratilgan ikki qavatli karavotga aylanuvchi divan
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)