Surxondaryo viloyatida joriy yilning 11–12-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan umumxalq hashariga puxta hozirlik ko‘rildi, deb xabar beradi O‘zA.
Ikki kun davomida shahar va qishloqlarimizda maydonlar obodonlashtirilib, turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, rang-barang gullar ekiladi. Ariq va zovurlar tozalanib, to‘plangan maishiy, qurilish chiqindilari belgilangan hududlarga chiqariladi. 740 dan ortiq muqaddas qadamjo va ziyoratgoh obodonlashtirilib, tevarak-atrofi tartibga keltiriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari ta’mirlanib, ehtiyojmand xonadonlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarga moddiy yordam ko‘rsatiladi.Viloyatda bayramoldi umumxalq hasharida 1 million 180 mingdan ortiq kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Ularning 700 mingdan ziyodi yoshlardir.O‘rol Toshboyev, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari
To‘plangan chiqindilarni tashish va boshqa muhim yumushlarni bajarish uchun 1 160 ga yaqin turli texnika vositasi jalb etiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)