Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Onuvey shahri rasmiylari vodoprovod jo‘mragidan chiqayotgan suv pushti rang bo‘lgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Canada Journal

Foto: Canada Journal

Onuvey meri Deyl Krasnou shahar fuqarolari oldida uzr so‘radi va krandan chiqayotgan suv aholi uchun zararsiz ekani, noodatiy rang esa suvni kimyoviy moddalar bilan tozalash jarayonida kelib chiqqanini aytdi. Suvning pushti rangga kirishiga kaliy permanganat sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu modda suvni temir va vodorod sulfiddan tozalash uchun ishlatiladi. Mansabdorlarning aytishicha, kaliy permanganat filtrning odatiy tozalash vaqtida klapanning buzilgani uchun suv rezervuariga tushgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi