Sergey Lushchan “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo‘lgach, klubni ketma-ket uch bor Chempionlar ligasining guruh bosqichiga olib chiqdi. Biroq o‘tgan davr mobaynida guruh doirasida 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta ham o‘yinda zafar quchmadi.
O‘tkazilgan 14 ta o‘yinning 4 tasida durang o‘ynagan “qaldirg‘ochlar”, 10 tasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sergey Lushchan esa so‘nggi mag‘lubiyatdan keyin jamoada g‘alaba ruhiyati borligi haqida aytdi.
Yigitlar so‘nggi daqiqalarda 10 kishi bo‘lib hujumga o‘tdi. Demak, jamoada g‘oliblik ruhiyati bor. Menga katta pul beringlar, Messi bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqaman.Lionel Messi yordamida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan qolgan mutaxassislar ham Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkinmi yoki yo‘q — Lushchan tomonidan oydinlik kiritilmagan.Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Akrom Komilov haqida
“Al-Ayn”ga qarshi Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda himoyachi Akrom Komilov qizil kartochka oldi va jamoadoshlarini maydonda bir kishi kam qoldirdi.Hozir kiyim almashtirish xonasiga bordik, Akrom u yerda yo‘q edi. Uni izlashga odam yubordim, chunki xavotirdaman. Komilov juda yaxshi o‘yinchi, shunchaki biroz qiziqqon.Biz unga jazo berishimiz mumkin, biroq bundan foyda chiqadi deb o‘ylamayman. U o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham qizil kartochka olgan. Bu uning nozik nuqtasi.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Sardor Rashidov haqida
Sergey Lushchan pley-offda “Al-Jaish” dovonidan o‘tib olingach, Dilshod Ahmadaliyev Sardor Rashidovni “yeb qo‘ygani”ga oydinlik kiritgandi. Biroq guruh bosqichining ketma-ket ikki turida Ahmadaliyev hech kimni “yeb qo‘ygani” yo‘q, chunki “Bunyodkor” ketma-ket ikki o‘yinda jami 5 ta gol o‘tkazib yubordi. Avvalroq Sardor Rashidov Lushchanni noprofessionallikda ayblagandi.Men “sariq matbuot”ni o‘qimayman. Sardor shunday degan bo‘lsa, mayli, barchani uning vijdoniga havola.Sergey Lushchan matbuotning qaysi turini kuzatib borishi va “sariq matbuot”ning ichiga qaysi nashrlar kirishini aytib o‘tmagan.Bizda shunday yigitlar bor. Masalan, Nurillo To‘xtasinov. U kelajakda yetakchi bo‘lishi mumkin. Hozir esa bizda yaxshi pleymeyker yo‘qligini tan olaman.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Ma’lumot uchun, avvalroq Sergey Lushchan asosan yoshlarga e’tibor berayotgani uchun yoshi katta futbolchilardan voz kechayotganiga oydinlik kiritgandi. Biroq shundan keyin “Bunyodkor” 33 yoshli himoyachi Dushan Michich bilan shartnoma tuzdi va unga asosiy tarkibdan joy topib berdi. Lushchan prinsipida futbolchining yoshida faqat o‘zbekistonliklarga urg‘u berilganmi yoki bunda xorijlik futbolchilar ham hisobmi, oydinlik kiritilmagan.
Izoh (0)