Germaniyaning Die Welt gazetasi muxbiri Deniz Yusel terrorizmni targ‘ib qilish va nafratni qo‘zg‘ashda ayblanib, Turkiya hukumati tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Istanbul OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Hibsga olish haqidagi qaror Istanbul sudi tomonidan qabul qilingan, jurnalist 18-fevraldan buyon hibsda saqlanmoqda.Muxbir Turkiya prezidentining qarindoshi, energetika vaziri Berat Albayrakning elektron pochtasidagi materiallarni chop etishda ayblanmoqda. Elektron pochta 2016-yilning dekabrida WikiLeaks tomonidan buzib ochilgan edi.
Xatlarda, jumladan, turk OAVlari ustidan nazorat o‘rnatish va ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik fikrini boshqarishga ko‘mak beruvchi maxsus akkauntlar yaratish masalalari muhokama qilingan.
Turkiya hukumatining mazkur harakati Berlinda salbiy reaksiyalarni keltirib chiqardi. Germaniya kansleri Angela Merkel sud qarorini “qayg‘uli va achinarli” deb atadi. “Hukumat Turkiya odil sudlov tizimi Yuselning ishida barcha demokratik jamiyatlarda matbuot erkinligi favqulodda muhim ekanligini e’tiborga olishiga umid qiladi”, — deyiladi kansler bayonotida.
Yusel ikki, nemis va turk fuqaroligiga ega.
Izoh (0)