Janubiy Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi bosh vazir Xvan Gyo An hukumatdan vaqtincha chetlatilgan davlat rahbari Pak Kin Xe bilan bog‘liq mojaroni surishtirish bo‘yicha maxsus komissiyaning faoliyat muddatini uzaytirishni rad etdi. Bu haqda YTN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Tegishli qaror komissiya faoliyati uchun qonun bilan belgilangan 70 kunlik muddat tugashiga bir kun qolganda va komissiya rahbari hisoblanuvchi maxsus prokuror tomonidan muddatni uzaytirish haqida iltimosnoma kiritilgandan 11 kun o‘tib qabul qilindi”, — deya ta’kidlaydi telekanal.
Xvan Gyo An surishtiruv mandatini yana 30 kunga uzaytirish huquqiga ega edi. U mazkur harakati bilan mahalliy kuzatuvchilarning aksariyati tomonidan kutilgan taxminlarni tasdiqladi.
Avvalroq ko‘pchilik ekspertlar u davlat rahbarini hokimiyatdan chetlatish g‘oyasiga sodiq ekanligi haqida fikrlar bildirgan edi. Qolaversa, u mamlakat yetakchisi lavozimi uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)