Daniya va Shvetsiya o‘rtasida joylashgan Eresunn bo‘g‘ozining 16 kilometrli qismida ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi tunnel joylashgan. Bu tipdagi yagona inshoot bo‘lgan Eresunn ko‘prik-tunneli masofani ancha tez bosib o‘tishga imkon beradi. Ko‘prik qurilguniga qadar bu vazifani kemalar bajargan va hozirgiga qaraganda ko‘proq vaqt sarflangan. “Billionnews.ru” nashri ko‘prikning fotojamlanmasini taqdim etdi.
Ko‘prik orqali to‘rt qatorli avtomagistral va temiryo‘l o‘tgan. U sun’iy orolda tugaydi va suv ostidan o‘tadigan tunnelga ulanib ketadi.
Bunday noodatiy inshoot yaqin masofada joylashgan Kopengagen aeroportiga qo‘nuvchi samolyotlarga xalaqit bermaslik va kemalarning erkin qatnovini ta’minlash uchun yaratilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)