Bugun — 21-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 22:15 da “Bunyodkor” futbol klubi mavsumdagi ikkinchi rasmiy o‘yinida maydonga tushadi.
Chempionlar ligasining pley-offini Qatarda “Al-Jaish”ga qarshi o‘tkazib, penaltilar seriyasiga ko‘ra muvaffaqiyat qozongan “qaldirg‘ochlar”, guruh bosqichining ilk turida “Al-Ahli”ga qarshi saf tortadi. Ayni paytda Sergey Lushchan va uning jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi.
“Daryo” Chempionlar ligasi o‘yinlaridan o‘z odatiga ko‘ra matnli onlayn uyushtiradi.