Turkiya sharqidagi Ig‘dir va Aralik shaharlari o‘rtasidagi trassada ikki avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqidatida 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 20 nafari jarohat oldi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan.
Xabarda qayd etilishicha, jarohat olganlarning bir qismi shifoxonaga yetkazildi, qolganlar hamon avtobus ichida qolib ketgan. Hozirgi vaqtda ularni qutqarish ishlari olib borilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)