Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Saratov viloyatida ikki avtomobil to‘qnashib ketishi natijasida halok bo‘lgan olti kishining besh nafari Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqdi, deb yozadi “RIA Novosti” hudud prokuraturasiga tayanib.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Nissan Almera avtomobilini Saratov viloyatining Petrovskiy tumani fuqarosi boshqargan, Kia Rio’da esa O‘zbekiston va Tojikistonning besh fuqarosi, shu jumladan, ikki nafar ayol bo‘lgan”, — deya ma’lum qildi muassasadagilar.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19-fevral kuni o‘zbekistonlik va tojikistonliklar Rossiyada yashash uchun berilgan maksimal muddatni buzmaslik uchun Kia avtomobilida Qozog‘istonga jo‘nab ketgan. Shundan so‘ng ular chegarani teskari yo‘nalishda bosib o‘tib, Moskvaga yo‘l olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi