AQShning nufuzli Uellsi kollejiga tegishli Devis muzeyi ma’muriyati muhojirlar tomonidan yaratilgan yoki taqdim etilgan eksponatlarni namoyishdan olish yoki ularni mato bilan yopib qo‘yish haqida qaror qabul qildi. Muzey shu tariqa muhojirlar yaratgan asarlarning Amerika madaniyatidagi qo‘shgan hissasini ulug‘ladi, deya xabar bermoqda TJournal.
Faqat Amerika eksponatlaridan iborat ko‘rgazma 16-fevral kuni boshlangan bo‘lib, 21-fevralga qadar davom etadi. Muzey xodimlari aksiyani Art-less deb nomladi va uning yordamida muhojirlarning “sovg‘alari bebaho” ekanini ko‘rsatishga harakat qildi. Namoyishdan olingan eksponatlar o‘rniga “muhojirlar tomonidan yaratilgan” yoki “muhojirlar tomonidan taqdim etilgan” degan yozuvlar ilib qo‘yilgan, ba’zi san’at asarlari esa olib tashlanmasdan, shunchaki mato bilan yopib qo‘yilgan.
Xabar berishlaricha, aksiya prezident Donald Trampning yetti musulmon mamlakat fuqarolarini AQShga kirishini vaqtincha taqiqlash haqidagi farmoniga o‘ziga xos javoblardan biridir.
Muzey hisob-kitoblariga ko‘ra, doimiy kolleksiyadagi eksponatlarning taxminan 20 foizi AQShga boshqa mamlakatlardan kelgan kishilar tomonidan yaratilgan yoki taqdim qilingan. Muzey hammasi bo‘lib 120 ta eksponatni ko‘rgazmadan olgan. Muassasa boshqa muzeylarni ham shunday aksiyalar o‘tkazishga chaqirdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)