AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterror koalitsiyasi 14-fevral kuni IShID terrorchilik guruhi “harbiy politsiya rahbari”ni yo‘q qildi. Bu haqda 16-fevral, payshanba kuni Iroq Kurdistoni Xavfsizlik kengashi Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Aksilterrorchilik boshqarmamizning ta’kidlashicha, koalitsiyaning 14-fevral kungi aviazarbalari davomida IShIDning Mosuldagi harbiy politsiya rahbari Xaki Ismoil Aud al-Xadidiy o‘ldirilgan”, — deyiladi bayonotda.
Kengashning aniqlik kiritishicha, jangari Abu Ahmad laqabi bilan mashhur bo‘lgan. Aviazarba oqibatida uning yordamchisi ham yo‘q qilingan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)