Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11-fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, Ustyurtda 15-20 daraja, Xorazm viloyatida 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayadi. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)