Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qatar Airways aviakompaniyasining dunyodagi eng uzun to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozni amalga oshirayotgan samolyoti 16 soatdan ko‘proq vaqt o‘tib, Yangi Zelandiyada qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @Qatarairways

Foto: Twitter / @Qatarairways

“Biz Oklendda rasman qo‘ndik”, — deya ma’lum qilindi kompaniyaning Twitter’dagi sahifasida.

Guardian nashriga ko‘ra, havo kemasi Doha aeroportidan mahalliy vaqt bilan 5-fevral, yakshanba, soat 05:10 da parvoz qilib, 6-fevral, dushanba kuni 07:30 da Oklend shahrida qo‘nishi, uchish vaqti 16 soat 20 daqiqadan iborat bo‘lishi mo‘ljallangandi. Samolyot rejalashtirilganidan bir necha daqiqa ertaroq qo‘ndi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qatar Airways’ning mazkur rekordi 2018-yilda Singapur—Nyu-York yo‘nalishida yangi reysni boshlashni ko‘zda tutayotgan ‎Singapore Airlines tomonidan yangilanishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi