Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Husayn Dirio‘z mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Moskvaga tashrifi mart oyining birinchi yarmiga rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Diplomat tashrif doirasida Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan so‘nggi yarim yil ichida to‘rtinchi bor uchrashishini qayd etdi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda mamlakat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish borasidagi qadamlarni muhokama qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)