Belarusda davlat tomonidan faqat bunga muhtoj va natija berayotgan tarmoqlarga imtiyoz beriladi hamda qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko jamoatchilik va OAV vakillari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Bir narsani tushunish kerak: ‘imtiyozlar’, ‘bepul’ degan atamalar haqida unutish vaqti keldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashayapmiz. Qolaversa, Butunjahon savdo tashkilotiga intilyapmiz. Faqat ertaga natija beradiganlarga ko‘mak ko‘rsatamiz. Shundoq ham imtiyozlilar mamlakatimiz, har narsaning cheki bor axir”, — deya ta’kidladi Lukashenko fermerlarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi savolga javoban.
Belarus prezidenti davlat qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadiganlarga yordam ko‘rsatishi shart ekanligini bildirdi. Bunday toifalar qatorida serfarzand oilalar va harbiylarni sanab o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)