Qozog‘iston davlat organlarining o‘nlab saytlari xakerlik kiberhujumlari oqibatida ishdan chiqdi. Bu haqda respublika Axborot va kommunikatsiya vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Boshqarmaning ma’lum qilishicha, o‘tgan dam olish kunlari hukumatning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, markaziy davlat organlarining idoraviy tashkilotlari internet resurslariga buzib kirish holatlari qayd etilgan.
Kompyuter hodisalariga javob qaytarish xizmatining aniqlashtirilgan ma’lumotlariga qaraganda, 21 ta internet resursini buzib kirish qayd etilgan.
Boshqarma xulosasiga ko‘ra, saytlar zaif himoya tufayli buzib ochilgan. Internet resurslarining aksariyati bitta serverda joylashganligi va bir xil zaiflikka ega bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Hozirgi paytda bu kabi hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)