Baykal har birimizni hayratda qoldirishga qodir. U sayyoraning eng chuqur va sof ko‘lidir. Suratlar ko‘l go‘zalligining juda oz qismini aks ettira oladi. Baykalning ulug‘vorligi va sehrli ko‘rkini faqat ko‘z bilan ko‘rib anglash mumkin. Shunga qaramasdan, TravelAsk ko‘l maftunkorligini bir oz bo‘lsa-da, yoritishga qaror qildi.
Ko‘l uzunligi 600 kilometr, muz qalinligi esa 1,5—2 metrga yetadi. Bunday muz og‘irligi 15 tonnagacha bo‘lgan transport vositasini ko‘tara oladi. Ko‘lning turli qismlarida muz bir-biriga o‘xshamagan turli-tuman naqshlarni hosil qiladi. Bunga Baykal suvining qavat-qavat bo‘lib muzlashi sabab bo‘ladi.
Qolaversa, ko‘lning muzi dunyodagi eng shaffof muz bo‘lib, uning suvosti dunyosini 40 metr chuqurlikkacha tomosha qilish mumkin. Bu esa unutib bo‘lmas taassurot uyg‘otadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.