Meksika AQSh bilan chegaradagi devor qurilishi uchun haq to‘lamaydi. Bu haqda 25-yanvar, chorshanba kuni Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto xalqqa qilgan videomurojaatida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq shu kunning o‘zida AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada yirik to‘siqni barpo etish haqidagi buyruqni imzoladi va jarayon tezlik bilan boshlanishini ma’lum qildi.
AQShning ko‘p yillar davomida bizni birlashtirish emas, ajratish vazifasini bajaruvchi devor qurilishini davom ettirish haqidagi qaroridan afsusdaman va uni qoralayman. Meksika hech qanday devor uchun haq to‘lamasligini bir necha marta ma’lum qilganman.U prezident sifatida Meksika va uning aholisi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini qo‘shimcha qildi.Enrike Penya Nyeto, Meksika prezidenti
Davlat rahbari Meksika hamkorlik, savdo, investitsiya, xavfsizlik va migratsiyaning yangi qoidalari bo‘yicha muzokaralarni boshlaganda Tramp devor qurish haqidagi buyruqni imzolaganligini ta’kidlab o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)