Facebook ijtimoiy tarmog‘i Messenger mobil dasturida reklama joylashtirishni sinov tariqasida yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Reklamani birinchi bo‘lib Messenger’ning Avstraliya va Tailanddagi foydalanuvchilari ko‘rishi mumkin.
Mobil dastur orqali joylashtirilgan reklama e’lonlari ekranda shu zahoti yozuv va havola bilan surat shaklida aks etadi.
Foydalanuvchi havola orqali o‘tib, mahsulot haqida batafsilroq ma’lumot olishi yoki qiziqtirgan xizmatga obuna bo‘lishi mumkin.
Facebook reklama yozishmalar vaqtida, foydalanuvchining o‘zi e’longa teginmagunicha, ekranga chiqmasligiga va’da berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)