Amerika va avstraliyalik aktyor va rejissor Mel Gibsonning to‘qqizinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda artistning vakili People nashriga ma’lum qildi.
61 yoshli Gibsonning sevimli ayoli 25 yoshli ssenariychi Rozalind Ross Los-Anjelesda o‘g‘il farzand ko‘rdi. Unga Lars Jerard deb ism qo‘yishdi. Aktyor Ross bilan ikki yil avval uchrasha boshlagan edi. Ross birinchi marta ona bo‘ldi.
Larsdan tashqari Gibsonning ikki nafar qizi va olti nafar o‘g‘li bor. Uning Robin Mur bilan nikohidan Xanna (1980), egizaklar Edvard va Kristian (1982), Uilyam (1985), Lui (1988), Maylo (1990) va Tomas (1999) dunyoga kelgan. Ular 2011-yilda ajrashgan.
Nikohni bekor qilish jarayonida Gibson rossiyalik Oksana Grigoryeva bilan uchrasha boshlagan. 2009-yilning oktabrida ularning qizi Lusiya dunyoga kelgan.
Aktyor, rejissor, ssenariynavis va prodyuser Mel Gibson ikkita “Oskar” va “Oltin globus” mukofoti sovrindoridir. U “Telba Maks” trilogiyasi, “Meverik”, “Ayollar nimani istaydi?” va “Sheryurak” filmlaridagi rollari bilan shuhrat qozongan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)