Qutqaruvchilar qor bosib qolgan Rigopiano di Farindola mehmonxonasida ko‘plab halok bo‘lganlarni aniqladi. Bu haqda, ANSA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Qutqaruvchilar rahbari Antonio Krochettaning ma’lum qilishicha, fojia yerida halok bo‘lganlar juda ko‘p, ularning aniq soni hozircha ma’lum emas. Voqea ro‘y bergan paytda bino ichida taxminan 30 kishi bor edi.
Ilgariroq prefektura 18-yanvar holatiga ko‘ra Rigopiano di Farindola mehmonxonasida 20 kishi ro‘yxatdan o‘tganini (xodimlardan tashqari) ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)