Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) ekspertlari 2017-yilda rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti 1,9, 2018-yilda esa 2 foizga o‘sishini taxmin qildi. Bu “Dunyo iqtisodiyoti taraqqiyoti istiqbollari” byulletenida chop etilgan avvalgi bashoratlardan tegishli ravishda 0,1 va 0,2 foizga ko‘p, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga oid bashoratlarning yaxshilanishi Donald Tramp lavozimini egallaganidan so‘ng AQSh iqtisodiy siyosati o‘zgarishi kutilayotgani bilan bog‘liq. AQShda YaIM oshishi 2017-yilda 2,3 (kutilganidan 0,1 foiz ko‘p), 2018-yilda esa 2,5 foiz atrofida (+0,4%) bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Jamg‘arma Germaniya, Yaponiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya iqtisodiyotlarining 2017-yilda o‘sishi bashoratlarini ham yaxshiladi. Bu asosan ushbu davlatlarda 2016-yil ikkinchi yarmida ko‘rsatkichlar kutilganidan a’loroq bo‘lgani bilan bog‘liq. Mazkur mamlakatlarda raqamlarning ko‘tarilishi Italiya va Janubiy Koreya uchun o‘sish sur’atlari pasaytirilishini yopib ketdi.

Xitoy iqtisodiyotining 2017-yildagi o‘sishi bashorati 6,5 foizgacha ko‘tarildi (+0,3%). Bu qo‘llab-quvvatlashning budjet choralari davom ettirilishi kutilayotgani bilan bog‘liq ekanligi bildirilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi