Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich, agarda Kosovoda yana serblar qirg‘inga uchrasa, u yerga borib jang qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u “Kuryer” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Biz qurol bilan ish tutmayapmiz, agar Kosovo va Metoxiyada serblarga tahdid tug‘ilsa, biz bu bosqichga ham o‘tamiz. Ha, men shunday dedim, agar kerak bo‘lsa, nafaqat men, balki o‘g‘illarim ham urushga boramiz”, — dedi u.
Shuningdek, prezident, agarda Serbiya Kosovoda serblarning siquvga olinishiga javob bermasa, iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Izoh (0)