Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Bishkek yaqinida Boeing-747 yuk samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lgan 38 kishining jasadi shaxsi aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadqaliy Abulg‘oziyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”
Bugun yana bir ekipaj a’zosining jasadi topildi, shu tariqa qurbon bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi.

Muhammadqaliy Abulg‘oziyev, Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari

Abdulg‘oziyev oldinroq 17 nafar bolaning jasadi shaxsi aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Qirg‘iziston IIV yuk samolyoti bortida terakt yuz bergani taxminini istisno etdi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Kursan Asanovga ko‘ra, halokatga uchragan havo kemasi bo‘laklarida portlovchi moddalar izi aniqlanmadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborildi
Mahalliy
Toshkentda qator yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etuvchi yangicha kameralar sinovdan o‘tkazilmoqda
Mahalliy
Andijonda er 22 yoshli ayoli, uning onasi va ukasini o‘ldirgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi