Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Respublikachilar va Demokratlar partiyasidagi ko‘plab taniqli raqiblari uning 20-yanvarga belgilangan inauguratsiyasi oldidan Vashingtonni tark etadi, deb yozadi “TASS” Politico’ga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, respublikachining ba’zi raqiblari Oq uyning yangi xo‘jayiniga qarshi kurash strategiyasini xotirjamlik bilan ishlab chiqish uchun Amerika poytaxtidan ketayotgan bo‘lsa, qolganlari shunchaki shahardagi tantanalarni tomosha qilmoqchi emas.

Poytaxtni tark etayotganlar orasida Trampni mamlakat uchun tahdid deb bilayotgan demokratlar ko‘proq, deb yozadi nashr. Demokratik partiyaning 150 dan ortiq yetakchi homiylari kelasi hafta oxirida Florida shtatida yig‘ilib, yangi ma’muriyatga qarshi siyosiy kurashni, shuningdek, kelgusi saylovlarda g‘alaba qozonish imkonini beruvchi  harakatlar rejasini muhokama qiladi.

Ammo qonun chiqaruvchi demokratlarning bir qismi hukumat topshirilishini kuzatish uchun poytaxtda qoladi. Ularning ba’zi partiyadoshlari Trampga qarshi chiqayotgan respublikachilar bilan birga hatto Vashington markazida 20-yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tadigan norozilik aksiyalarida qatnashishga tayyorligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi