Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Sergey Mavrodining MMM moliyaviy piramidasi Nigeriyada foydalanuvchilar soni bo‘yicha Facebook’dan o‘zib ketdi. Bu haqda Pulse xabar bermoqda.

Foto: Pulse

Foto: Pulse

O‘tgan yil dekabri yakunlari ko‘ra, MMM sayti ommalashganligi bo‘yicha faqat Google va Yahoo!’dan ortda qolmoqda. Facebook foydalanuvchilar soni bo‘yicha 6-o‘rinni egalladi.

Nigeriyada moliyaviy ehrom 2016-yil yanvarida ishga tushirildi va o‘shandan beri unga mablag‘ tikkanlar soni ortib bormoqda. MMM hatto qochoqlar lageriga 5 million Nigeriya dollari miqdorida xayriya qilishga ham ulgurdi. Kompaniya omonatchilariga kursi beqaror bo‘lgan milliy valyutadan voz kechish va mukofotlarni bitkoinlarda olishni taklif etmoqda.

Nigeriyaning iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha komissiyasi MMM ish tartibini o‘rganayotganligi hamda uning faoliyati mamlakat hududida man etilishiga erishishni ko‘zlayotganligi bildirilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi