Yuta shtatida yashovchi ikki yoshli egizak bolalardan biri ikkinchisini xavfli vaziyatdan qutqarib qoldi, deb yozadi Rossiya Birinchi kanali sayti.
Xonada yolg‘iz qolgan bolalar burchakda turgan javonning qutilariga osilib, o‘ynay boshladi. Tabiiyki, bunday vaziyatda javon ag‘darilib ketdi va bolalardan birini bosib qoldi. Biroq ularning ota-onasi shovqinni eshitmay qoldi va nima yuz berganligini payqamadi.
Egizaklarning ikkinchisi bir muddat nima yuz berganligi va endi nima qilishi kerakligini o‘ylab turdi. Shundan so‘ng javonni siljitib, ukasini ozod qildi. Bunga ikki daqiqa vaqt kerak bo‘ldi.
Bolalarning ota-onasi xonadagi kuzatuv kamerasiga yozib olingan videoni internetga joyladi. Ular boshqalar ham shunday xatoni takrorlab, ag‘darilib ketishi oson bo‘lgan mebelni bolalar xonasiga joylashtirmaslikka undash maqsadini ko‘zlaganligini ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)