Tailandning dengiz bo‘yidagi Chonburi provinsiyasida ro‘y bergan yirik YTHda 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Guvohlarning aytishicha, ichida 13 kishi bor mikroavtobus katta tezlikda pikapga urilib ketgan. Ikkala transport vositasi ham o‘t olgan. Mashina ichidagilarni qutqarishning iloji bo‘lmadi.
Politsiya fojia sabablarini aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)