AQShning Baltimor shahrida (Merilend shtati) istiqomat qiluvchi reper MoShow Ravioli laqabli mushugini cho‘miltirayotib, qiziq video suratga oldi. U qo‘rqib ketgan jonivorni tinchlantirish uchun unga qarab rep kuyladi, deb xabar beradi Meduza.
Shunga qaramay, Ravioli tinchlanmadi. MoShow esa sabr-bardoshi yuqori darajadaligini ko‘rsatdi — u mushuk boshiga chiqib olganida ham sokinligini yo‘qotmadi.
MoShow boshpanasiz mushuklarni asrab olishga chaqiruvchi xayriya aksiyasida ishtirok etmoqda. Ilgariroq reper Adopt a Cat qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etgan edi.
Izoh (0)