O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari vazifasini bajaruvchi N. Qosimov va boshqalar tadbirda chiqish qildi.
Tadbirda tanlovning tizimlar bo‘yicha g‘oliblari tantanali taqdirlandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti kafedra mudiri Dilrabo Amridinova Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tizimi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat To‘rayev Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tizimi, Toshkent islom universiteti katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi, Namangan shahridagi 24-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sherzod Yuvashov Xalq ta’limi vazirligi tizimi, Toshkent viloyatidagi Yangiyo‘l texnologiya iqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tizimi, “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv-uslubiy markazi direktori o‘rinbosari Gulnora Yo‘lchiyeva “Mahalla” xayriya jamoat fondi tizimi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Ikrom Matkarimov “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tizimi, O‘zbek davlat drama teatri yetakchi aktyori Muhabbat Abdullayeva “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tizimi, Andijon viloyat qirg‘iz madaniyat markazi boshqaruvi a’zosi Mahbubaxon Temirova Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tizimi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi boshqaruvi raisi Dilshod Mamajonov Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tizimi bo‘yicha “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” deb topildi.
Yig‘ilganlar O‘zbek Milliy akademik drama teatrining “Mirzo Ulug‘bek” spektaklini tomosha qildi.
Izoh (0)