Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Sessiya davomida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan davlat rahbari viloyat kengashi deputatlariga Shukurullo Boboyev nomzodini taqdim etdi. 

Deputatlar Shukurullo Boboyevni Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil, 12-avgustdagi farmoniga muvofiq, Islamdjan Ergashxodjayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.