O‘rtayer dengizining markaziy qismida kuchli po‘rtana vaqtida rezina va yog‘och qayiqlarda suzib ketayotgan 1 164 nafar muhojir qutqarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
11-dekabr, yakshanba kungi qutqaruv orepatsiyasida Italiya qirg‘oq mudofaasi va harbiy-dengiz floti kemalari hamda Yevropa Ittifoqining noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashish missiyasi, shuningdek bir qator gumanitar tashkilotlarning kemalari ishtirok etdi.
Muhojirlar bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, joriy yilda O‘rtayer dengizida 4 715 nafar muhojir halok bo‘lgan. Ulardan aksariyati Liviyadan Italiyagacha bo‘lgan yo‘lda qurbon bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)