Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

8-dekabr kuni YXHT TIVKning navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gamburg shahrida Fransiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: TIV matbuot xizmati

Foto: TIV matbuot xizmati

Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Fransiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Fransiya taraqqiyot agentligi va PROPARKO’ni ta’sis etish va ularning faoliyati to‘g‘risida Bitim imzolandi.

Bitimda Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) va uning sho‘ba tashkiloti “Iqtisodiy hamkorlik uchun ko‘maklashish va ishtirok etish jamiyati”ning (PROPARKO) O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish tartibi va shartlari belgilangan.

Hujjat ikki davlatda ham belgilangan ichki protseduralar yakunlanganidan so‘ng kuchga kiradi va, uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi investitsion va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshirishga imkon beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)