8-dekabr kuni YXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gamburg shahrida Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vitold Yan Vashikovskiy, Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto, Avstriya Respublikasining Yevropa ishlari, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha federal vaziri Sebastyan Kurts, Kanada tashqi ishlar vaziri Stefan Dion bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy va hamkorlikni kengaytirish uchun yirik salohiyat ega boshqa sohalardagi aloqalarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomoni YXHT TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlarini 4-dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovi natijalari hamda ovoz berish jarayonini monitoring qilish maqsadida 500 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar, jumladan, YXHT DIIHB va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar Missiyalari ishtirok etgani to‘g‘risidagi ma’lumot bilan tanishtirdi.
Uchrashuvlarda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)