Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe 29-noyabr, seshanba kuni o‘z atrofidagi korrupsiya mojarosi borasida xalqqa murojaat qilmoqchi. Bu haqda Yonhap agentligi Moviy uy (mamlakat prezidenti qarorgohi) vakiliga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Shu bilan birga, o‘z nutqida Pak Kin Xe mojaro tufayli iste’foga chiqish rejalari haqida e’lon qilmoqchi emas.

Janubiy Koreya prokuraturasi 20-noyabr kuni Pak Kin Xening yaqin dugonasi — Chxve Sun Silning ishi bo‘yicha tekshiruvlarning oraliq natijalarini tarqatdi, Chxve Sun Sil, shuningdek, prezident ma’muriyatining ikki nafar sobiq xodimi poraxo‘rlik, tovlamachilik va xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblandi. Ular 50 dan ortiq Janubiy Koreya kompaniyalarini Chxve Sun Sil qo‘li ostidagi ikkita fondga o‘nlab million dollar ko‘chirib o‘tkazishga majburlagani taxmin qilinmoqda. Tergovchilar fikricha, Pak Kin Xe dugonasining ushbu ishlaridan xabardor bo‘lgan va o‘zi ham unda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.

Janubiy Koreya yetakchisining ma’muriyati prokuratura ayblovlarini asossiz va dalilsiz deb atadi. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, amaldagi prezident jinoiy ta’qib qilina olmaydi (bu faqat vatanga xiyonat haqidagi modda bo‘yicha bo‘lishi mumkin).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar