Ukraina poytaxti Kiyevdagi Janubiy ko‘prikda qutqaruvchilar tug‘ilgan kunni nishonlash uchun ko‘prikning ustunlariga chiqib olgan 19 kishini qutqarib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yigitlardan birining tug‘ilgan kuni bo‘lgani bois u 18 nafar do‘sti bilan ko‘prik ustunlariga chiqib olgan. Ammo keyin ular tusha olmagan.
Yigitlarni pastga tushirish uchun qutqaruvchilar alpinistlarning qurollaridan foydalandi. Shundan so‘ng jamoa politsiya xodimlariga topshirildi.
Izoh (0)