Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) London–2012 Olimpiada o‘yinlari vaqtida olingan doping namunalarining qayta tekshiruvidan so‘ng 12 nafar sportchini diskvalifikatsiya qildi. Ular orasida 4 nafar rossiyalik ham bor, deb xabar bermoqda TJournal.
London–2012 ning to‘siqlar bilan 3 000 metrga yugurish bo‘yicha chempioni Yuliya Zaripova (oltin), og‘ir atletikachilar Aleksandr Ivanov (kumush) va Natalya Zabolotnaya (kumush) medallaridan mahrum etildi. Yana bir rossiyalik og‘ir atletikachi, London–2012 da sovrindor bo‘lmagan Andrey Demanov ham XOQning diskvalifikatsiyasiga uchradi.
Yuqorida ismi keltirilgan sportchilarning barchasida taqiqlangan prerapat – turinabol aniqlangan.
Rossiyaliklardan tashqari, XOQ Ukraina, Qozog‘iston, Moldova, Gruziya va Belarusdan jami 8 sportchi diskvalifikatsiya qilingani haqida ma’lum qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)