Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga “Sankt-Peterburg—Mineralniye vodi” yo‘nalishida parvozni amalga oshirayotgan samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Uning bortidagi yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his eta boshlagani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Favqulodda xizmatlarning ma’lum qilishicha, yo‘lovchi tibbiyot xodimlariga topshirildi, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Marhum onkologik xastalikdan aziyat chekib kelgani ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)