Samvel Babayan ustozlik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh—2018 saralashi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Twitter’dagi sahifasi o‘yin statistikasini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar to‘pga bor-yo‘g‘i 27 foiz egalik qilgan. Janubiy Koreyada esa bu ko‘rsatkich 73 foizni tashkil qildi. Darvozaga zarba berishda koreyalik futbolchilar O‘zbekistonda ikki marta yaxshiroq, aniq zarbalar bobida esa 4 marta yaxshiroq bo‘lgan.
Match ended
— AFC (@theafcdotcom) November 15, 2016
Korea Republic 2:1 Uzbekistan#KORvUZB #WCQ2018 #RoadToRussiahttps://t.co/D3DKoio0RP pic.twitter.com/anpAKpT9x4
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi uchrashuv davomida biror marta ham burchak zarbasini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lmadi.