Angliya futbol uyushmasi (FA) mamlakat terma jamoasini vaqtincha boshqarayotgan mutaxassis Garet Sautgeytni doimiy bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
FA angliyalik mutaxassisga 4 yillik shartnoma taklif qiladi. Uning yillik maoshi 1,5 million funt qilib belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, shartnoma imzolanishi haqida Angliya termasining Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng rasman e’lon qilinadi.
Angliya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16-noyabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Sem Ellardays korrupsiyaga aloqadorlikda aybdor deb topilib, iste’foga chiqarilganidan so‘ng Garet Sautgeyt vaqtincha bosh murabbiy sifatida uning o‘rnini egallagan edi.
Izoh (0)