Aralash janglar san’ati vakilasi Misha Teyt karyerasining shu qismiga chek qo‘yishga qaror qildi, deb yozdi “Olamsport”.
Amerikalik jangchi 12 noyabr kuni raqibasi Rakel Penningtondan yengilgandi. Oradan ko‘p o‘tmay sportchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan jangda hakamlarning barchasi Rakelning g‘alabasini qayd etgandi.
Dunyoning eng nufuzli jurnallari muqovasini bir necha bor bezagan Misha Teyt 1986-yilning 18-avgust kuni AQShning Vashingtonida dunyoga kelgan. U UFC va Strikeforce’da sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
Izoh (0)