Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi, ayni damda MLS ligasining “Nyu-York Siti” klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Frenk Lempard shartnoma muddati yakunlangach, klubni tark etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
38 yoshli futbolchining “Nyu-York Siti” klubi bilan amaldagi kelishuvi 2017-yilning oxirigacha mo‘ljallangan. Lempard kelgusi faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida ma’lumot berilmagan.
“‘Nyu-York Siti’dagi faoliyatim oxirlab bormoqda. So‘nggi ikki yilda ko‘rsatilgan yaxshilik va dalda uchun barchaga rahmat aytmoqchiman. Bu yerda to‘p surish menga yoqdi. Bunday katta klubda va ajoyib shaharda o‘ynash imkoniyatidan minnatdorman”, – dedi Lempard.
Ma’lumot uchun, Frenk Lempard 2001–2014-yillar davomida Londonning “Chelsi” klubini himoya qilgan. 2014–2015-yilgi mavsumda u “Manchester Siti”da to‘p surdi. 2015–2016-yilgi mavsumdan boshlab esa yarim himoyachi “Nyu-York Siti”da to‘p surib kelmoqda.
Izoh (0)