Ukrainaning Donetsk viloyatida, Azov dengizi qirg‘og‘ida joylashgan Mariupol shahri yaqinida mamontning ajdodi bo‘lmish janubiy fil qoldiqlari topildi. Qoldiqlar million yoshdaligi aytilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamontlarning eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lmish janubiy fillar 2–1 million yil muqaddam yashagan.
Suyaklarning bir qismi loy va qumdan, bir qismi esa suv ichidan topildi. Madaniyat va turizm boshqarmasi rahbari Oksana Grinko ko‘proq suyaklarni topib, butun skeletni terish imkoni borligidan umid qilmoqda.
Qoldiqlar tahlil uchun Kiyevga yuborildi.
Asosiy qazilma ishlari 2017-yil bahorida boshlanadi.
Izoh (0)