Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiya chegara xizmatining An-148 samolyoti 1-noyabr, seshanba kuni Vayndloo oroli hududida Estoniya havo chegarasini buzdi. Bu haqda mamlakat mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: Lori

Foto: Lori

Matbuot xizmatiga ko‘ra, samolyot mahalliy vaqt bilan 9:33 da mamlakat havo hududiga ruxsatsiz kirgan va bir daqiqa atrofida bo‘lib turgan. Uning ekipaji eston dispetcherlari bilan radioaloqaga chiqmagan, biroq samolyot transponderi yoqilgan va parvoz rejasi taqdim etilgandi.

Estoniya TIV Rossiya elchisini chaqirdi va unga norozilik notasini topshirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Rossiya harbiy-havo kuchlari tomonidan joriy yilda oltinchi marotaba Estoniya havo chegarasining buzilishidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
“Selektor yig‘ilishida ayvonda o‘tirmayapsizmi?” — Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishdagi audiosi tarqaldi
Mahalliy
Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan 15 yoshli bolaning jasadi topildi